Damas piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 18 yoshli qizni urib, uchirib yubordi

3-sahifa

image

Toshkentning Bektemir tumanida Damas piyodalar yo‘lagini kesib o‘tayotgan 18 yoshli fuqaroni urib, uchirib yubordi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 mart kuni soat 08:15 larda Bektemir tumanida 2007 yilda tug‘ilgan 19 yoshli haydovchi Damas rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotganda, piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan, 2008 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Voqega yetib kelgan tez yordam xodimlari unga darhol tibbiy yordam ko‘rsatishgan.  

Ushbu yo‘l transport hodisasidan so‘ng piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Holat yuzasidan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yo‘l harakat xavfsizlik boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida HOWO rusumli yuk mashinasi velosipedchini urib ketishi oqibatida u vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Damas yo'l transport hodisasi piyodalar yo'lagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing