Damas bilan to‘qnashgan Lacetti yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 15 may kuni Xorazm viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida Lacetti rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

YTH soat 17:20larda Urganch shahri “Xiva-Urganch” yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 26 yoshli X.Sh. boshqaruvidagi Lacetti rusumli hamda haydovchi, 36 yoshli M.F. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobillari to‘qnashgan. Zarb oqibatida Lacetti rusumli avtomobil yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan va dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Urganch shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xorazm

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing