Dam olish kunlari jamoat transporti qanday ishlashi belgilandi

Jamiyat

−

image

Navro‘z bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2022 yil 21, 22, 23 mart kunlari jamoat transporti harakatini qanday tashkil etish belgilandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati ma’lum qildi.

Belgilangan tartibga ko‘ra:

•    2022 yil 21 mart dushanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun  tasdiqlangan jadval asosida. Yo‘nalishlardagi ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;

•    2022 yil 22 mart seshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

•    2022 yil 23 mart chorshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing