Dam olish kunlari Yerni 5 balli magnit bo‘ronlari qoplaydi
Bu qiziq
−
10 avgust 2024 3872 1 daqiqa
10-11 avgust kunlari Yerda yuqori balli magnit bo‘ronlari kuzatiladi. Bu haqda “Meteonova” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 10 avgust kuni geota’sirning eng cho‘qqiga chiqqan nuqtasi soat 05:00 dan 17:00 gacha davom etadi va 11 avgustda ham xuddi shunday holat kuzatiladi. Kechqurun soat 17:00 dan keyin quyosh faolligi 3 ballgacha pasayadi.

Ma’lumot uchun, Yer magnit maydonidagi buzilish darajasi besh ko‘rsatkichli shkala bo‘yicha o‘lchanadi, eng yuqorisi G5 – “juda kuchli" va G1 "zaif" hisoblanadi.
Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat beriladi. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi