Dam olish kunlari yog‘ingarchilik bo‘ladimi?
Bu qiziq
−
25 mart 2022
12088Bugun, 25 mart kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘ladi. Kunduz kuni havo 16-19° iliqqacha, janubda esa ba’zi joylarda 22-25° iliqqacha isiydi. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
Ammo yomg‘irlar mavsumi hali tugamadi. Ertaga, 26 mart kuni O‘zbekistonga yana nam va salqin havoning bir qismi kirib keladi. Respublikaning shimolidan tashqari barcha viloyatlarda yana bulutli va yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kunduz kuni harorat 12-15° iliqqacha pasayadi.
25 va 26 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Dam olish kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
LiveBarchasi