Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?
Bu qiziq
−
11:58 1147 1 daqiqa
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek bugun, 25 sentyabr kunduzi va ertaga, 26 sentyabr kechasi Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun Toshkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Havo haroratining asta-sekin pasayishi davom etadi. Harorat bugun kunduzi 26-30 darajani tashkil etadi, janubiy hududlarda 31-33 darajagacha bo‘ladi, joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari asta-sekin 22-25 darajagacha, janubda 27-30 darajagacha pasayadi. Havo harorati kechalari 9-14 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 26-27 sentyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat asosan kechalari 11-14 daraja, kunduzi 25 sentyabrda 26-28 daraja bo‘ladi, dam olish kunlari asta-sekin 23-25 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.