Dam oliş kunlari havo soviydi
Bu qiziq
−
1667 2 daqiqa
Dam oliş kunlari respublikaning barça hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bugun, 27 noyabr kuni kunduzi Özbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Farğona vodiysining şimolida va ertalab Toşkent viloyatining ayrim joylarida biroz yomğir yoğadi.
Dam oliş kunlari esa respublikaning barça hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Ötgan juda iliq davrdan söng havo harorati noyabr oxiri uçun bölgan me’yoriy qiymatlargaça pasayadi. Havo harorati asosan keçalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq, janubda 17-20 daraja iliqqaça böladi.
Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şimoli-şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, şimolda va Farğona vodiysida 13-18 m/s gaça kuçayadi, ba’zi joylarda esa ba’zida 20-22 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Respublikaning toğli hududlarida ertaga, 27 noyabr kuni ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, joriy yilning 28-29 noyabrida yoğingarçilik kutilmaydi.
Şuningdek, Toşkentda bugun ertalab şahar böyiça ba’zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin, kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat 10-12 daraja iliq böladi.
28-29 noyabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Harorat keçalari 4-6 daraja iliq, kunduz kunlari 13-15 daraja iliq böladi. Şamol şimoli-şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Live
Barçasi