Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
11 Sentabr 2020
973311-12 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi g‘arbiy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Janubiy Qozoqiston hududi ustida joylashgan balandlikdagi siklon O‘zbekistonning sharqiy tumanlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday sinoptik vaziyat natijasida bugun Toshkent viloyatining ayrim joylariga qisqa muddatli yomg‘ir, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.
Ertaga yomg‘irli va momaqaldiroqli ob-havo faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda saqlanib turadi. Respublikaning qolgan joylarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Yakshanba kuni mamlakat hududi ustidagi janubi-g‘arbiy oqimlar ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishini belgilaydi.
Dam olish kunlarida harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me’yordan ozgina – 1-2 darajaga pastdir.
LiveBarchasi