Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati pasayadi
Bu qiziq
−
06 mart 2020
10077Bugun, 6 mart va dam olish bayram kunlarida O‘zbekiston hududi markazi shimoliy Ural hududi ustida joylashgan sovuq antitsiklon chegarasi ta’sirida bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 7 martga o‘tar kechasi O‘zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishida kuchsiz yog‘ingarchilik kuzatiladi.
“Tungi harorat 0 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduzi havoning nisbatan sovuq bo‘lishi, salqin sharqiy shamol esishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik haroratdan sal pastdir”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi