Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
10 Oktabr 4852 2 daqiqa
O‘zgidromet joriy yilning 10-13 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, 11-13 oktyabrda 7-12 daraja, 10-11 oktyabrda kunduzi 22-27 daraja, 12-13 oktyabrda 20-25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyalarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 oktyabrda kechasi 7-12 daraja, 11-13 oktyabrda 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 11 oktyabrda 27-32 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, 11-13 oktyabrda 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja, 11 oktyabrda 25-30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, 10-12 oktyabrda kunduzi 27-32 daraja, 13 oktyabrda 25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, 11-13 oktyabrda 10-15 daraja, 10 oktyabrda kunduzi 22-27 daraja, 11-13 oktyabrda 24-29 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.