Dam olish kunlari me’yordan 4-6 daraja issiq ob-havo kuzatiladi

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari butun respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Kunduzgi harorat 39-42 darajagacha ko‘tariladi, bu yoz avji uchun me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bugun, 17 iyul kuni O‘zbekistonning janubi-sharqiy hududlariga Turkmanistondan bulutli havo oqimlari kirdi. Shu sababdan markaziy, janubiy va sharqiy tumanlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Mamlakat shimoli va cho‘l zonasida havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

199

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing