Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
16 iyun 2023
6946Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati ushbu davr uchun iqlimiy me’yorlardan 5-8 daraja issiqgacha yuqori bo‘ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.
Keltririlishicha, joriy yilning 17-18 iyun kunlari kunduzi havo 38-41 darajagacha issiq, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42-43 darajagacha isiydi.
Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi ba’zi joylarda13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxt Toshkentda havo bulutsiz bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
LiveBarchasi