Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

Ertaga, 4 mart kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 4 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 mart kuni nam havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kunduzgi havo harorati 21-24 daraja iliq, yomg‘ir paytida 18-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

3-5 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. 5 martda Navoiy va Jizzax viloyatlarida shamol tezligi 22-25 m/s gacha ortishi mumkin.

Toshkentda bugun va ertaga, 3-4 mart kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 mart kuni biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing