Dam olish kunlari Bo‘stonliq yo‘llarida harakat bir tomonlama bo‘ladi

Foydali

image

Joriy yilning 3-4 fevral kunlari Bo‘stonliq tumani tog‘li hududlaridagi dam olish maskanlariga olib boruvchi ayrim yo‘llarda harakat bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududlarda joylashgan Amirsoy, Beldersoy, Chimyon kabi dam olish maskanlarida shanba-yakshanba kunlari fuqarolar tashrifi odatdagidan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Shuni inobatga olgan holda yuqorida sanalgan dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘lda YTH va tirbandliklarning oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ma’lum qilinishicha, 4R6 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yo‘lining 57-kilometridan boshlab, mazkur yo‘lning 92-kilometrigacha, ya’ni, 4R10 avtomobil yo‘li bilan tutashgan joygacha transport vositalarining harakati "bir tomonlama" tashkil etiladi.

Bunday yo‘lning boshida 5.5 (bir tomonlama harakatli yo‘l)  va oxirida 5.6 (bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri) belgisi o‘rnatilgan. Shuningdek, harakatlanib kirish taqiqlangan qismida 3.1 (taqiq ishorasi) bo‘ladi.

Yo‘l bo‘ylab ketaverishda 4R10 avtomobil yo‘li tutashgan qismiga, ya’ni Yusufxona chorrahasiga yetib boriladi. U yerda bir tomonlama harakat tugaydi. Chorrahadan 4R10 yo‘liga burilib, dam olish maskanlaridan ortga qaytish mumkin.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bo'stonliq yo'l harakati dam olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing