Dam olish kunlari havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

−

image

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va issiq havo harorati saqlanib turadi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Joriy yilning 25-26 mart, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati ko‘tariladi va 23-25 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 27-29 darajani tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 24-26 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Ushbu kunlarda poytaxt Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja kunduzi 22-25 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing