Dam olish kunlari havo harorati pasayishi kutilmoqda
Jamiyat
−
05 iyun 2020
7916O‘zbekistonda 6-7 iyun kunlari havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun O‘zbekiston hududidan bulut massivlari o‘tishi kutilmoqda, shu sababli tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamolning shiddati sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.
Harorat foni 35-40 daraja atrofida bo‘ladi. Mamlakat janubi va cho‘l zonasida ayrim joylarda harorat 42 darajagacha bo‘lishi mumkin. Bunday harorat bugungi kun me’yoriy ko‘rsatkichlaridan 5-7 darajaga yuqoridir.
Dam olish kunlarida Qozog‘iston hududidan salqin havo kirib, issiq biroz chekinadi va nihoyat harorat ko‘rsatkichlari me’yorda — kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi kuchayishi, shiddati 17-22 m/s ga yetishi mumkin. 6 va 7 iyun kunlari mamlakatimizning tog‘li tumanlaridagina yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, may oyining oxirida O‘zbekistonda havo haroratining ko‘tarilishi bo‘yicha rekord o‘rnatilgan edi.