Dam olish kunlari havo harorati pasayadi
Bu qiziq
−
12 Sentabr 7691 2 daqiqa
O‘zgidromet joriy yilning 12-14 sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun, 12 sentyabr kuni va ertaga, 13 sentyabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 30-35 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Janubda esa bugun kunduzi 37-39 darajagacha bo‘ladi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 20-25 darajagacha pasayadi.
Joriy yilning 14 sentyabr kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha harorati pasaya boshlaydi. Havo harorati kunduzi 25-30 darajadan, janubda 33-35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
Bugun, 12 sentyabr kuni kunduzi shimolda va cho‘l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun, 12 sentyabr kuni kunduzi havo harorati 33-35 daraja, ertaga, 13 sentyabr kuni 31-33 daraja, 14-setyabr kuni 27-29 daraja bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 16-19 daraja bo‘ladi.
Keyingi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Havo harorati kechalari 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 20-25 darajagacha pasayadi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Live
Barchasi