Dam olish kunlari harorat 18 darajagacha pasayadi

Bu qiziq

image

Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha kechasi va ertalab nisbatan salqin, kunduz kunlari biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 18-22 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Respublika hududiga yakshanba kunidan Turkmaniston hududlaridan biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va keyingi haftaning boshida kunduzgi harorat 37-39 darajaga yetadi.

Ushbu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan bulutsiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat bugun kechqurun Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing