Daladan narkotik qazib olgan xorijlik ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida daladagi xufiya joydan sintetik narkotikni qazib olgan xorijlik qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, DXX, IIV va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sintetik giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Xususan, Yaqin Sharq davlatlaridan birining 1994 yilda tug‘ilgan fuqarosi dala maydonidagi xufiya joydan 970 gr “Mefedron” narkotik moddasini qazib, olib ketayotgan vaqtida ushlangan.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, xorijlikning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi vaqtincha yashash xonadonidan 2 dona elektron tarozi, termoizolentalar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bildirilishicha, hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistondan pochta orqali yuborilgan 1,8 kg kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing