Hindistondan jo‘natilgan narkotikni pochtadan olayotgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image
Hindistondan pochta orqali yuborilgan 1,8 kg kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

DXX va Bojxona organlari hamkorligida Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi pochta bo‘limida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan shaxs Hindistondan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olib, ketayotgan vaqtida to‘xtatilgan hamda tegishli tartibda tekshirilgan.

Natijada ushbu jo‘natma ichida tarkibida jami 1,8 kg “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 6000 dona kapsula borligi aniqlangan.

Bildirilishicha, hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ko‘p miqdorda kontrabanda qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandni tark etishi kerak bo‘lgan ikki O‘zbekiston fuqarosi Puket xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan yuklari ichiga yashirilgan 26 kilogrammdan ortiq kannabis bilan ushlangan edi.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing