Toshkent viloyatida xorijlik fuqaro quroldan o‘q uzdi (video)
3-sahifa
−
12:45 3555 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijlik fuqarolar O‘zbekistonda quroldan foydalangani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni fuqaro Ya.Yu. o‘ziga tegishli bo‘lgan ruxsatnomasi mavjud ov qurolini, Toshkent viloyati hududida tanishi Q.X.ga foydalanish uchun qonunga xilof ravishda bergani aniqlangan. Qurolni qo‘llash jarayonida inson yoki biror hayvonga zarar yetmagan.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 220-moddasi (qurolning qonunga xilof muomalasi) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, ov quroli va o‘q-dorilari belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 22 dona o‘q-dorini 1300 dollarga sotishga uringan 24 yoshli shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov