Toshkentda narkoguruh a’zosi bo‘lgan talaba qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida internet tarmog‘i orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning faol a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Oldindan kuzatuvga olingan, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Spark rusumli avtomashinasida narkoguruh tashkilotchilari tomonidan berilgan topshiriqqa ko‘ra, Toshkent tumaniga borib, muqaddam narkokur’erlar tomonidan dala maydonidagi xufiya joyga yashirib qo‘yilgan 4 kg 300 gr “alfa-PVP” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur shaxs Toshkent shahridagi xususiy oliy ta’lim muassasasining 3-kurs talabasi hisoblanadi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash va tergovga jalb qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Tojikistondan 20 kilogramm 374 gramm afyun va 41 kilogramm 668 gramm “gashish”ni kontrabanda yo‘li bilan olib kirayotgan 2005 va 2006 yilda tug‘ilgan fuqarolar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent talaba sintetik narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing