Daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan Andijon shahar deputati qamoqqa olindi

Jamiyat

image

Joriy yilning may oyida Andijon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida deputat Sh.K.ni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqishda, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ayrim deputatlarni tintuv qilayotganligi holati aks etilgan fotosuratlar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Bosh prokuratura holat yuzasidan munosabat bildirib, Sh.K. yer va shaharsozlikka oid qonun va me’yoriy hujjatlarning talablariga amal qilmasdan o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini boshlagan “Alliance R.C.” MCHJ rahbari ekanini ma’lum qildi.

Holat yuzasidan joriy yilning 3 mart kuni “Alliance R.C.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 228 va 229-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov jinoyat ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida jamiyat rahbari Jinoyat kodeksining 168, 192-11 va 228-moddalari bilan gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, sudning ajrimi bilan unga “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Andijon

Baholaganlar

362

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing