Dafn etish uchun moddiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgarishi mumkin

Jamiyat

image

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”  hamda “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bu Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini dafn etish nafaqasini to‘lashdan ozod etish taklif etilmoqda. 

Shuningdek, vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular bo‘lmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxsga dafn etish uchun beriladigan nafaqalar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan emas, balki davlat byudjetidan ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikka muvofiq, dafn ishini moliyalashtirish manbalari sifatida davlat byudjeti, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, yangi qonun loyihasiga ko‘ra, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini ushbu qatordan chiqarish belgilangan.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

dafn pensiya jamg'armasi

Baholaganlar

91

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing