Devid Kemeron Markaziy Osiyoga keladi

Olam

image

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyoga kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u 5 mart kuni parlamentning Lordlar palatasida bo‘lib o‘tgan tinglovda ma’lum qildi.

“Biz butun dunyo bo‘ylab ittifoq va sheriklik tarmog‘imizni mustahkamlash tarafdorimiz. Markaziy Osiyo biz yaxshiroq ishlashni istagan tarmoqlardan biridir. Men u yerga borishni rejalashtiryapman. U yerda qaysi soha va korxonalar, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishimiz kerakligini biladigan barcha bilan davra suhbati o‘tkazaman”, degan Kemeron.

Ma’lumot uchun, Devid Kemeron 2011 yildan 2016 yilgacha Britaniya Bosh vaziri bo‘lgan. O‘tgan yili amaldagi Bosh vazir Rishi Sunak uzoq vaqtdan beri siyosatda ko‘rinish bermagan Kemeronni Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi lavozimiga tayinlagan. Bu lavozim Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tengdir.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 30 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shimoliy Makedoniya poytaxti Skope shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-yig‘ilishi doirasida britaniyalik mavqedoshi Devid Kemeron bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Markaziy Osiyo Devid Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing