Devid Bekxem ritsarlik unvonini oldi
Sport
−
04 noyabr 5164 1 daqiqa
Bugun, 4 noyabr kuni Angliya futboli afsonalaridan biri Devid Bekxem Vindzor qasrida Qirol Charlz III tomonidan ritsarlik unvoni bilan taqdirlandi. U marosimda rafiqasi, taniqli dizayner Viktoriya Bekxem tomonidan maxsus tikilgan uch qismli kostyumda ishtirok etdi. Bu haqda “GB news” nashri xabar berdi.
49 yoshli Devid Bekxem sportga qo‘shgan ulkan hissasi va xayriya faoliyati uchun ritsarlik unvoniga loyiq topildi. 2017 yilda Britaniya Imperiyasi ordeni (OBE) bilan taqdirlangan 51 yoshli Viktoriya Bekxem ham marosimda qatnashdi. Ularga ota-onasi Sandra va Ted Bekxem hamrohlik qildi.
.jpg)
Manbaga ko‘ra, bu marosim yiliga ikki marta o‘tkaziladi va qirollik tomonidan turli sohalarda xizmat qilgan shaxslarga nishonlar topshiriladi. 50 yoshli “Inter Mayami” egasi Bekxem iyun oyida ritsarlikka nomzod sifatida e’lon qilingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bekxem 2011 yilda ritsarlikka ilk bor nomzod etib ko‘rsatilgan.
Bekxem Angliya terma jamoasi safida 100 martadan ortiq o‘yin o‘tkazgan va sportdagi yutuqlari bilan bir qatorda xayriya ishlari bilan ham tanilgan. U UNICEF elchisi sifatida 20 yildan ortiq faoliyat yuritmovda.
Ma’lumot uchun, Londonning shimoli-sharqida tug‘ilib o‘sgan Devid Bekxem 1995 yilda “Manchester Yunayted” safida ilk bor Premer-ligada debyut qilgan. U 1999 yilda jamoasi bilan Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Bekxem 2013 yilda professional futbolni tark etgan edi.