Suiqasdga uchragan Bosh vazir shifoxonadan chiqarildi
Olam
−
31 may
5331Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso suiqasddan so‘ng yotqizilgan Banska-Bistritsadagi shifoxonadan Bratislavadagi uyiga ko‘chirildi. Bu haqda mahalliy "Dennik N" portali xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Bosh vazir davolanishni uyda davom ettiradi. Uning to‘liq tiklanishi qancha davom etishi aytilmagan. Siyosatchining uyi atrofida qo‘riqchilar va politsiya patrullari kuchaytirilgan.
15 may kuni Fitso bir nechta o‘q jarohati oldi va shu kuni operatsiya qilindi. O‘q otgan, voqea joyida qo‘lga olingan 71 yoshli yozuvchi Yuray Sintula o‘z harakatini siyosiy sabablar bilan izohlagan. Uni umrbod qamoq jazosi kutmoqda. 25 may kuni shifokorlar kengashi Bosh vazirning salomatligi yaxshilanganini qayd etdi.
LiveBarchasi