COVID-19 va jahon – so‘nggi 24 soatda sodir bo‘lgan yangiliklarning qisqa dayjesti

Olam

image

Dunyo bo‘yicha so‘nggi 24 soat ichida koronavirusga chalinganlar soni 77 000 ga oshdi va bemorlar soni 1 mln. dan ko‘paydi. 41 000 ga yaqin bemor kasallik sabab olamdan o‘tdi. Bugunga qadar 205 ta mamlakatda koronavirus aniqlandi.

O‘zbekistonda so‘nggi 24 soat ichida koronavirusga chalingan soni 205 nafarga yetdi. 25 bemor butunlay sog‘aygan bo‘lsa, 2 kishi vafot etdi.

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 3 548 nafarga yetdi. 235 bemor shifo topgan bo‘lsa, 30 nafari vafot etdi. Mamlakatda eng ko‘p bemorlar Moskva shahri (2475) va viloyati (177), Sankt-Peterburg shahri (147) va Koma Respublikasida (56) qayd etilgan. 

AQSHda koronavirusdan vafot etganlar soni so‘nggi 24 soat ichida rekord darajada ko‘tarildi – 1169 nafar bemor. Qo‘shma Shtatlarda umumiy hisobda infeksiyadan ko‘z yumganlar soni jami 5926 kishiga yetdi. Avvalgi rekord yangilandi. O‘shanda Italiyada bir sutka ichida 969 bemor olamdan o‘tgan edi.

Misrda koronavirusga chalingan fuqarolar soni keskin oshib ketdi. Bir sutkada 86 nafar misrlikda koronavirus qayd etildi. 6 bemor hayot bilan vidolashdi. Mamlakatda umumiy hisobda 865 odam infeksiya bilan zararlangan.

Buyuk Britaniya hukumati dorixonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 300 million funt sterling ajratdi. "Moliyaviy yordam qiyin vaziyatlarda dorixonalarning odamlarga ko‘mak ko‘rsatishi uchun as qotadi”, deyiladi xabarda. Shuningdek, qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi dorixonalar zimmasiga yuklatilgan ayrim vazifalar sonini qisqartirgan.

Turkiyada so‘nggi 24 soat ichida infeksiyaga chalinganlar soni 2 400 nafarga yetdi va umumiy hisobda 18 135 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan vafot etganlar esa 277 dan 356 nafarga oshdi. Bugungacha 415 bemor shifo topdi.

Jahonning boshqa davlatlarida quyidagi holat: Ukraina karantin qoidalarini kuchaytirdi. Mamlakatda ikki kishining yonma-yon yurishi taqiqlandi. Fransiyada esa infeksiyaga chalinganlar soni 4503 nafarga yetdi. Bir kechayu kunduzda 471 nafar bemor vafot etdi. Italiyada ham vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Mamlakatda so‘nggi sutkada 760 odam koronavirusga chalindi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

341

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing