COVID-19 va dunyo. So‘nggi 24 soat ichida koronavirus bilan bog‘liq qanday yangiliklar bo‘ldi?

Bu qiziq

image

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 937 000 dan oshdi. 194 000 dan ziyod kishi shifo topgan bo‘lsa, 47 000 dan ziyod bemor olamdan o‘tdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana 8 nafarga oshdi. Respublikada 2 aprel holatiga ko‘ra, 181 nafar infeksiya yuqtirib olgan bemor bor. O‘lim holati 2 tani tashkil qilmoqda.

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 16 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 402 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirus sabab vafot etganlarning soni 3 nafarni tashkil etmoqda.

AQSHda so‘nggi 24 soat ichida koronavirusga chalinganlar soni 5 100 nafardan oshdi. Mamlakatda infeksiya yuqtirganlarning umumiy hisobi 215 mingdan yuqoriladi. 5116 kishi esa kasallikdan vafot etdi. O‘lim holati eng ko‘p Nyu-York shahrida qayd etilgan – 1374.

Gruziya Bosh vaziri Georgiy Gaxariya koronavirusga qarshi kurashni “ko‘rinmas dushman bilan jang”, deb atadi. U mamlakat virusning keng tarqalish bosqichidan o‘tayotganini ta’kidladi. Gruziya 21 aprelga qadar favqulodda holat e’lon qilgan. Jamoat transportlari harakatlari to‘xtatilgan, 70 yoshdan oshganlarga ko‘chaga chiqish taqiqlangan. Soat 21:00 dan 6:00 gacha komendantlik soati o‘rnatilgan.

Isroil sog‘liqni saqlash vaziri Yaakov Litsman koronavirusga chalindi. Bu haqda mamlakatda nashr etiladigan “Jerusalem Times” gazetasi yozmoqda. Bundan tashqari, vazirning rafiqasi ham infeksiya yuqtirib olgan. Ayni paytda Isroilda 6092 kishi virusga chalingan. 25 kishi undan vafot etgan.

Peruning korrupsiyada ayblanib, hibsda ushlab turilgan sobiq bosh vaziri Sesara Vilyanueva koronavirus xavfi sabab 18 oylik uy qamog‘iga olindi. Hukumatning sobiq rahbari Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasidan yirik miqdorda pora olganlikda ayblangan edi. 

Britaniyalik 55 yoshli fuqaro politsiya xodimiga koronavirus yuqtirish bilan tahdid qildi. Va qasddan uning oldiga borib, bir necha marotaba yutaldi. Uning bu qilmishidan so‘ng, sud politsiyachiga hujum qilish aybi bilan fuqaroni olti oylik qamoq jazosiga hukm qildi.

Jahonning boshqa mamlakatlarida quyidagi holat kuzatilmoqda: Janubiy Koreyada so‘nggi 24 soat ichida 89 kishi virusga chalindi va 261 kishi undan shifo topdi. Birlashgan Arab Amirliklarida esa bir kunda 150 ta holat qayd etildi. Mamlakatda umumiy hisobda virus yuqtirib olgan 814 bemor ro‘yxatdan o‘tgan. Iroqda ham koronavirusga chalingan soni oshib, 728 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

486

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing