COVID-19: O‘zbekistonda kasallanganlar 101 mingdan oshdi, 2 bemor vafot etdi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 101 ming nafardan ortib, kasallikdan davolanganlar soni 97 ming nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 3 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201 kishiga ortib, 101 198 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 5 nafari Andijon viloyatida;
  • 12 nafari Buxoro viloyatida;
  • 5 nafari Jizzax viloyatida;
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 6 nafari Namangan viloyatida;
  • 17 nafari Samarqand viloyatida;
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 12 nafari Xorazm viloyatida;
  • 32 nafari Toshkent viloyatida;
  • 87 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 6 nafar;
  • Namangan viloyatida 4 nafar;
  • Samarqand viloyatida 33 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar;
  • Xorazm viloyatida 4 nafar;
  • Toshkent shahrida 134 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97077 (+188) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 695 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing