COVID-19: O‘zbekistonda bir kunda 3 bemor vafot etdi, sog‘ayish ko‘rsatkichi tushdi
Jamiyat
−
07 may 2021 8858 1 daqiqa
O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi, bir kunda 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 6 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 421 kishiga ortib, 93 597 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 6 nafari Andijon viloyatida;
- 7 nafari Buxoro viloyatida;
- 6 nafari Jizzax viloyatida;
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 4 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 54 nafari Samarqand viloyatida;
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 5 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 3 nafari Xorazm viloyatida;
- 77 nafari Toshkent viloyatida;
- 239 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar;
- Andijon viloyatida 28 nafar;
- Jizzax viloyatida 10 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
- Navoiy viloyatida 5 nafar;
- Namangan viloyatida 9 nafar;
- Samarqand viloyatida 44 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 10 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 10 nafar;
- Xorazm viloyatida 18 nafar;
- Toshkent viloyatida 59 nafar;
- Toshkent shahrida 162 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 89338 (+363) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 660 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3599 nafar bemor davolanmoqda.
Live
Barchasi