COVID-19: Shifoxonadagi bemorlar 3,8 mingdan oshdi, 2 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3800 nafardan oshdi, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 20 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 313 kishiga ortib, 97 856 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 7 nafari Andijon viloyatida;
  • 5 nafari Buxoro viloyatida;
  • 3 nafari Jizzax viloyatida;
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 6 nafari Namangan viloyatida;
  • 36 nafari Samarqand viloyatida;
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 6 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 1 nafari Xorazm viloyatida;
  • 47 nafari Toshkent viloyatida;
  • 176 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar;
  • Buxoro viloyatida 2 nafar;
  • Jizzax viloyatida 8 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar;
  • Namangan viloyatida 6 nafar;
  • Samarqand viloyatida 34 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 16 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar;
  • Xorazm viloyatida 4 nafar;
  • Toshkent shahrida 175 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93339 (+268) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 678 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3839 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing