COVID-19 pandemiyasi allaqachon favqulodda vaziyat doirasidan chiqdi – Gebreyesus
Olam
−
10 noyabr 2020
7778Koronavirus pandemiyasi odatdagi favqulodda vaziyat chizig‘idan o‘tdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus aytgan.
"Biz sog‘liqni saqlash borasidagi favqulodda vaziyatda odamlarni himoya qilishga sodiqmiz. Ammo COVID-19 pandemiyasi allaqachon favqulodda vaziyatdan tashqariga chiqdi", degan u deyarli olti oylik tanaffusdan so‘ng Jenevada qayta tiklangan 73-Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasidagi nutqida.
JSST rahbari ta’kidlaganidek, pandemiya dunyodagi boshqa kasalliklarga - Gabon va Togoda sariq bezgakka, Chadda chikungunya bezgagiga, Meksikada qizamiqqa qarshi kurashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish haqida gapirarkan, Gebreyesus bunday vaksinalarga "xususiy tovar emas, balki global jamoat boyligi" sifatida qarash kerakligini aytgan.
"Pandemiyani nazorat ostiga olish uchun biz zudlik bilan vaksinaga muhtojmiz. Ammo vaksina ham muammoni butunlay bartaraf etmaydi", degan Gebreyesus.
JSST rahbari hozirgi inqiroz oxirgisi emasligidan ogohlantirgan va davlatlarni sog‘liqni saqlash sohasidagi tengsizlikni yengishga chaqirgan.
Shuningdek, u AQSHning saylangan yangi Prezidenti Jo Bayden va vitse-prezidenti Kamola Xarris mamlakatning JSST bilan munosabatlarini tiklash bo‘yicha o‘zlarining majburiyatlarini anglab yetishiga umid bildirgan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH koronavirus qayd etilganlar holati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda - 9 763 730. Keyingi o‘rinlarda Hindiston (8 553 657), Braziliya (5 653 561), Rossiya (1 796 132), Fransiya (1 752 980), Ispaniya (1 386 832), Argentina (1 236 851), Buyuk Britaniya (1 192 017), Kolumbiya (1 136 447), Meksika (961 938), Italiya (935 104), Peru (920 010) bormoqda.
Dunyoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni esa 51 milliondan oshgan. 1,2 million bemor vafot etgan.
LiveBarchasi