COVID-19 “muallifi” bo‘lgan Xitoy Raisi Nazarboyevga salomatlik tiladi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda ko‘plab davlat rahbarlaridan Nazarboyevga sihat-salomatlik tilab nomalar kelmoqda. COVID-19 ning “muallifi” bo‘lgani Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ham Elboshiga maktub yo‘lladi. 

"Koronavirus infeksiyasi boshlangandan beri Xitoy va Qozog‘iston epidemiyaga qarshi samarali hamkorlik qilmoqda. Bu Xitoy-Qozoq munosabatlarining abadiy keng qamrovli strategik sherikligining yuqori darajasi va alohida xususiyatini namoyon etadi, shuningdek, xalqaro hamjamiyat ko‘z o‘ngida pandemiyaga qarshi birgalikda kurashishning yorqin namunasidir. 

Ishonchim komilki, epidemiya yengiladi va ikki tomonlama munosabatlar yangi, yanada samarali ruhda rivojlanadi. 

Siz bilan o‘rnatilgan shaxsiy do‘stlik uchun juda minnatdorman va chin dildan tezroq sog‘ayib ketishingizni tilayman”, deb yozadi XXR Raisi. 

Shuningdek, Nazarboyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefonda muloqot qildi. Rahmon ushbu xabarni tashvish bilan qabul qilganini bildirib, Nazarboyevga tezroq oyoqqa turishini tilagan. 

Shu jumladan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qilib, uning holidan xabar olgan. Putin Elboshi bu kasallikni yengishiga ishonch bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini qayd etgan. Nazarboyev esa Putinni kelgusi hafta Moskvada Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan parad bilan tabriklagan. 

Elboshi ma’muriyati ayni vaqtda Nazarboyevda koronavirus alomatlarsiz kechayotganini, uning ahvoli yaxshiligi va shifokorlarning doimiy nazoratida ekanini bildirdi

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov Nazarboyevga sihat-salomatlik tilab, maktub yo‘llashgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Si Tszin'pin

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing