COVID-19 qaysi davlatlarga kirib bormadi?

Olam

image
Turkmanistonliklarga koronavirusga qarshi oksolin mazi tarqatildi north_east

Turkmanistonliklarga koronavirusga qarshi oksolin mazi tarqatildi

Hozirgacha 18 ta davlatda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish holatlari aniqlanmagan. Bugun, 4 aprel kuni Jons Xopkins nomidagi Amerika universiteti ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi davlatlarda koronavirus holati aniqlanmagan. Bular: Vanuatu, Yaman, Kiribati, Shimoliy Koreya, Komor, Lesoto, Marshall orollari, Mikroneziya, Nauru, Palau, Samoa, Sao Tome va Prinsipi, Sulaymon orollari, Tojikiston, Tonga, Turkmaniston, Tuvalu va Janubiy Sudan. Ushbu davlatlarda hali kasallik aniqlanmagan bo‘lsa ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari haqida xabar berishning iloji yo‘q. Qurolli mojarolar tufayli bir qator boshqa mamlakatlar, masalan, Yaman uchun statistik ma’lumotlarni to‘plash qiyin. Yana ba’zi davlatlarda, masalan, Turkmaniston va Shimoliy Koreada siyosiy tuzum bunga yo‘l qo‘ymasligi mumkinligi aytilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu mamlakatlarning aksariyati tashqi dunyo bilan aloqalari cheklangan kichik orol davlatlar hisoblanadi. Ularning aksariyatiga odamlar deyarli tashrif buyurmaydi. Shuning uchun, ushbu orol-davlatlarga xorijdan kasallik kelishi kuzatilmaydi.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo davlatlarining 3 tasida, jumladan, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Ushbu mamlakatlarning barchasida soat sayin ushbu kasallik bilan bog‘liq ma’lumotlar berib borilyapti. Ammo mintaqaning 2 nafar davlatida hali ushbu virus bilan bog‘liq holat haqida ma’lumot berilmadi.

Ta’diklanishicha, mart oyining oxirida Shimoliy Koreya rasmiylari yashirin ravishda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda xalqaro yordam so‘rab, murojaat qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar 1 119 109 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 58 955 nafari vafot etgan, 226 873 nafari esa sog‘aygan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

1469

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing