COVID-19 ikki millionlik dovondan oshdi

Olam

image

Dunyoda yangi turdagi koronavirus infeksiyasidan zararlanish holatlari soni ikki milliondan oshib ketdi. Ushbu ma’lumotlar AQSHning Jons Xopkins universitetining rasmiy sayti ko‘rsatmoqda.

Ushbu statistika 14 aprelning Toshkent vaqti bilan soat 04:35 holatiga ko‘ra tasdiqlangan

Jahonda koronavirus bilan jami 2 mln 19 320 kishi zararlangan. Infeksiyadan 119 483 bemor vafot etgan.

Sog‘ayganlari soni oshib, 448 655 nafarni tashkil etmoqda.

2020 yil 13 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 998 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha kasallanganlarning 85 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

COVID-19

Baholaganlar

191

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing