COVID-19 ga chalinganlarda yana bir asorat qolishi aniqlandi

Salomatlik

image

Oksford universiteti tadqiqotchilari COVID-19 ning miyaga ta’sirini aniqladi. Bu haqda “The Daily Mail” xabar bermoqda. 

Britaniyalik olimlar koronavirus infeksiyasi miya hajmining pasayishiga olib kelishini ma’lum qilgan. Tadqiqotda 51 yoshdan 81 yoshgacha bo‘lgan 785 kishi ishtirok etgan, ulardan 401 kishi COVID-19 bilan kasallangan. 

Ko‘ngillilar ikkita miya tekshiruvidan o‘tgan. Natijalar shuni ko‘rsatganki, koronavirusdan tuzalganlarning miya hajmi COVID bilan kasallanmagan nazorat guruhiga nisbatan 0,7 foizga qisqargan. 

Oksford olimlarining ta’kidlashicha, miya hajmining pasayishi keksa odamlarda va koronavirus bilan shifoxonaga yotqizilgan 15 bemorda ko‘proq kuzatilgan.

Tadqiqot mualliflarining takidlashicha, COVID bilan kasallangan ishtirokchilarning 96 foizida infeksiya yengil kechgan bo‘lsa-da, ularda kulrang moddalar hajmi yo‘qolgan va to‘qimalar shikastlangan. 

“Bu salbiy ta’sirlarning barchasi keksa odamlarda ko‘proq sezildi”, deydi olimlar. 

Ammo mutaxassislar bu holatni yaxshilash mumkinligini ham ta’kidlagan. 

Tadqiqotga ko‘ra, infeksiyaning miyaga ta’siri kasallikning og‘irligiga bog‘liq emas. Olimlarning ta’kidlashicha, COVID-19 nafaqat kognitiv qobiliyatlarning vaqtincha yomonlashishiga olib keladi, balki ularni doimiy ravishda kamaytiradi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus miya

Baholaganlar

640

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing