COVID-19: Hindistonda o‘lim holati bo‘yicha antirekord yana yangilandi 

Olam

image

Hindistonda koronavirusdan kunlik o‘lim holati bo‘yicha antirekord yangilandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berilgan.  

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Hindistonda COVID-19 va ushbu virus bilan bog‘liq kasalliklardan 4 329 kishi vafot etgan. Hindistonda koronavirus aniqlangan odamlar soni 25 milliondan oshgan. 

Shu bilan birga, mamlakatda ketma-ket ikkinchi kun koronavirus infeksiyasining 300 mingdan kam holati qayd etilgan. O‘tgan kun davomida Hindistonda 263,5 mingta yangi holat aniqlangan. 

Hindiston dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda qolmoqda. 

Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 25,2 milliondan oshgan, 21,5 milliondan ortiq bemor sog‘aygan va 278 mingdan ortiq odam vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston koronavirus

Baholaganlar

284

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing