Chustda “zamdirektor” o‘quvchilarni kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta o‘smir bolalarni katta yoshli erkak urayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni nazoratga olganini e’lon qildi. 

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 15 dekabr kuni Namangan viloyati Chust tumani "Guliston" MFY hududidagi 2-son kasb-hunar maktabida sodir bo‘lgan. Maktab direktori o‘rinbosari A.N. dars vaqtida sababsiz o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotganligi vaji bilan maktab o‘quvchilari 2007 yilda tug‘ilgan M.S., M.A. va 2006 yilda tug‘ilgan Yu.D., F.A larni kaltaklagan. 

Aytilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Chust tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiy shahridagi 6-maktab o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlariga sport oyoq kiyimida kelgani uchun tanbeh berilayotgani aks etgan videolar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'quvchilar Chust zamdirektor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing