Chustda Spark Hyundai bilan to‘qnashdi. Qurbon bor
Jamiyat
−
27 avgust 2020
4999Joriy yilning 25 avgust kuni Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar berdi.
YTH soat 01:00 larda Pungon-Namangan yo‘lining 56 kmda yuz bergan. Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Hyundai Porter rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, Spark rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, oqibatida voqea joyida vafot etgan. Haydovchi esa og‘ir qo‘shma shikast, ko‘z qovoq sohasi yirtilgan jarohat tashxisi bilan, qolgan ikki nafar yo‘lovchilar qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan Chust tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi