“Qamchiq”da yuk mashinasi yonib ketdi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Kecha, 25 avgust kuni “Qamchiq” yuk avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchrab, yonib ketdi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Hodisa 25 avgust kuni soat 16:24 larda A-373, “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining 222,3 km “Vodiy – Toshkent” yo‘nalishida yuz bergan. Isuzu rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa borib urilgan.

Buning oqibatida yong‘in kelib chiqib, avtomashina ichidagi haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Ushbu holatga aniqlik kiritilganda, yuk mashinasining yukxonasida 8 tonna qurilish xomashyosi, ya’ni betonga qo‘shiladigan kimyoviy eritma borligi ma’lum bo‘lgan.

Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan “Qamchiq” Maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i polkovnik X.Bobonov boshchiligidagi shaxsiy tarkib hamda maxsus texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in-qutqaruvchilarining olib borgan tezkor say-harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

YTH yong'in

Baholaganlar

291

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing