Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Baxtiyorjon Salimjonov Namangan viloyati Chust tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimiyati axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 19 fevral kuni xalq deputatlari Chust tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda deputatlar Namangan viloyati hokimining Hamdamov Bekzod Ismoilovichni Chust tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qullagan. Bekzod Hamdamov 2020 yilning iyul oyidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelayotgandi. 

Shuningdek, deputatlar Bekzod Hamdamovni xalq deputatlari Chust tumani kengashi deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi arizasi yuzasidan kengash qarorini ham tasdiqlagan.

Shundan so‘ng,  viloyat hokimi  Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod - Baxtiyorjon Salimjonov Rahimjonovichni tanishtirgan. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan viloyati Chust

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing