Chusovitina graffitiga yubka “kiydirildi”

Jamiyat

image

Inkuzart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi tomonidan 2021 yil avgust oyida chizilgan Oksana Chusovitina graffitiga muallif ruxsatisiz o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Inkuzart o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.  

“Aftidan, faqat O‘zbekistonda muallif kartinasi boshqa rassom tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Ma’naviyat... ”, deya izoh qoldirgan u.

Toshkent shahrining Chilonzor tumani ko‘chalaridan biriga chizilgan suratda dastlab Oksana Chusovitina kalta kiyimda, qo‘lida bayroq tutib turgan edi. Ammo bayroqning yarmi chizilgandi, xolos. 

Noma’lum shaxs tomonidan kiritilgan o‘zgarishdan so‘ng, gimastikachining orqa fonidagi bayroq hilpirab, uning ust kiyimi uzunlashgan. 

Qayd etish kerakki, rassomning bir nechta ko‘cha suratlari hokimliklar tomonidan o‘chirtirib tashlangandi. Bular qatoriga taniqli olim Albert Eynshteynga atalgan portret, Uzauto Motors monopoliyasi va benzin narxi oshib ketishiga bag‘ishlangan graffitlarni kiritish mumkin.

Avvalroq, sport gimnastikasining tayanib sakrash dasturida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmoqchiligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

609

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing