Cho‘kib ketgan qirg‘iz harbiysining jasadi O‘zbekistondan topildi

Jamiyat

image

Cho‘kib ketgan qirg‘iz chegarachining jasadi O‘zbekiston hududida topildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar bermoqda. 

Gap shundaki, joriy yilning 19 iyul kuni harbiy xizmatchi Chotqoldagi Oq-buloq daryosiga tushib ketgan. Qidiruv ishlari 10 kundan ortiq davom etgan. 

Qirg‘iziston chegara xizmati o‘zbekistonlik hamkasblaridan yordam so‘radi. Chunki bu daryo O‘zbekiston tomonga boradi. Shu bilan birga qidiruv ishlari Qirg‘iziston hududida ham olib borilgan. 

Quchli suv oqimi chegarachining jasadini 11 km masofaga olib ketgan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvos-qutqaruvchilari jasadni topgan. 

Bugun, 30 iyul kuni qirg‘iz chegarachining jasadi Vataniga olib ketilgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 iyul kuni joriy yilning 24 iyul kuni Chorvoq suv omborida cho‘kkan ikki yigitdan biri – 1995 yilda tug‘ilgan Dilshod Rixsiboyevning ham jasadi topildi


Maqola muallifi

Teglar

FVV

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing