Chotqol qo‘riqxonasi hududida yana yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
12 iyul 2023
2745Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bugun, 11 iyul kuni soat 14:00 atrofida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining “Maydontol” va “Laylakchi” bo‘limlari hududida yong‘in sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni o‘rmonning 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan hududini tashkil etdi.
Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari zudlik bilan manzilga yetib borgan. Yong‘inni bartaraf etishga Mudofaa, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari hamda boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning kuch va vositalari ham jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasiga qarashli “Yaylovcha” hududida yong‘in yuz bergan edi.
LiveBarchasi