“Chorvoq”dan ikki kishining o‘ligi chiqdi
3-sahifa
−
22 iyul
14565Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” MFY hududida joylashgan “Chorvoq suv ombori” havzasida sodir bo‘lgan suv-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Voqea joriy yilning 20 iyul kuni taxminan soat 13:30 da sodir bo‘lgan. 19 yoshli Q.F. “Yamaxa” rusumli gidroskuterni haydab borayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va suv havzasida suzib yurgan “Katamaron” suv-transport vositasiga borib to‘qnashgan.
Oqibatda “Katamaron” suv-transport vositasidagi 28 va 26 yoshli yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Q.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temiryo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Bo‘stonliq tuman IIB tomonidan tergov olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, vafot etgan fuqarolar farg‘onalik, gidroskuterda boshqaruvni yo‘qotgan yigit esa zangiotalik bo‘lgan.
LiveBarchasi