Paxtani qo‘shib yozganlar qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida paxtani qo‘shib yozish bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shumanay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “J” fermer xo‘jaligi tomonidan 2 580 kg paxta xomashyosi topshirilgan bo‘lsada, “Shumanay paxta qabul qilish maskani” AJ mansabdor shaxslari jamiyat pul mablag‘larini talon-toroj qilish maqsadida, yuk xatlari va “ECAS” elektron dasturiga soxta ma’lumotlar kiritib, umumiy qiymati 20,8 mln so‘m bo‘lgan 5 940 kg paxta xomashyosini qo‘shib yozib, hujjatlarni soxtalashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Shumanay paxta qabul qilish maskani” mansabdor shaxslariga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Shumanay tumani Paxta terimi

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing