CHQBT o‘qituvchilarining maoshi ayrim maktab o‘qituvchilarining ish haqiga tenglashtiriladi

Jamiyat

image

Malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchilarining lavozim maoshi mos keluvchi malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilarining lavozim maoshiga tenglashtiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 8 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan. 

Qaror bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga:

2024 yil 15 yanvardan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga ta’lim tashkilotlarining boshqa fan o‘qituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka toifasi berish hamda ularni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy ta’lim fakultetlarida malakasini oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

2024 yil 20 fevralga qadar Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining yangi o‘quv dasturi va darsligini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklandi. 

Shuningdek, malakaviy attestatsiya xulosasiga ko‘ra malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari umumta’lim muassasalarida – mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'qituvchi ChQBT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made