Chiroqchida chiroq o‘chishidan norozi aholi temiryo‘l atrofida to‘plandi
Jamiyat
−
08 iyun 2021
5235Kecha, 7 iyun kuni taxminan, ertalab soat 09:00 dan 10:20 larga qadar “Qarshi mintaqaviy temiryo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli Ayratom temiryo‘l bekati hududida Chiroqchi tuman “Ayratom” qishlog‘i fuqarolari temir yo‘l ustiga yig‘ilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. “O‘zbekiston temir yullari” Axborot-tahliliy media markazi holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, aholining temiryo‘l bekatiga yig‘ilishining asosiy sababi qishloq ahli tuman hokimi Xurram Jo‘rayevdan elektr energiyasi ta’minoti qoniqarsiz bo‘lgani uchun qishloqni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ya’ni qishloqqa keladigan elektr energiyasini boshqa kuchliroq transformatorga ulashni so‘ragan. Kecha, 7 iyun kuni soat 9:00 larda tuman hokimining qishloqqa tashrifi kutilgan.
Tuman hokimi “Ayratom” qishlog‘iga elektr energiyasi masalasini hal qilish uchun belgilangan vaqtda kelmagani sababli, aholi temiryo‘l atrofiga yig‘ilgan.
“Toshkent – Qarshi” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi grafik bo‘yicha ushbu bekatdan soat 10:48 da o‘tib ketishi belgilangan.
Poyezd kelishidan taxminan, 28 daqiqa oldin Chiroqchi tuman hokimi Xurram Jo‘rayevning o‘zi kelib, temiryo‘l atrofida yig‘ilgan qishloq aholisini “Ayratom” qishlog‘i mahalla fuqarolar yig‘iniga olib ketgan va ularning muammolari atroflicha o‘rganilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.
Qayd etilishicha, “Afrosiyob” tezyurar poyezdi grafik bo‘yicha ushbu bekatdan soat 10:48 da o‘tib ketgan. Poyezd to‘xtamagan va hech qanday zarar yoki talofat bo‘lmagan.
LiveBarchasi