Chiro Immobile Messi va Ronalduning natijasini takrorladi

Sport

image

Kecha, 24 aprel kuni Italiya A seriyasi doirasida,“Latsio” o‘z uyida“Milan”ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinda “burgutlar”ning to‘rtinchi daqiqada urilgan yagona goliga hujumchisi Chiro Immobile mualliflik qildi. Bu orqali Chiro ushbu mavsumda kiritgan gollari sonini 26 taga yetkazib qo‘ydi.

Shu tariqa, 32 yoshli italiyalik futbolchi so‘nggi 6 mavsumning 3 tasida 25 tadan ko‘proq gol urgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Ilgari bunday natijaga Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Robert Levandovski erishgandi. Bungacha Immobile 2017-18 yilgi mavsumda A seriyada 29 ta gol urgandi. Shuningdek, 2019-2020 yilgi mavsumda esa italiyalik hujumchi 36 ta golni hisobiga yozdirib qo‘ygan.

2016 yilning 27 iyulida Immobile “Latsio” bilan shartnoma imzolagandi. 2016 yilning 21 avgust kuni Chiro “Latsio”dagi debyut bahsida “Atalanta” darvozasiga gol urdi.

Ma’lumot o‘rnida, italiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Chiro Immobile

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar